10:43 / 16.10.2015
2456

Argentina FF Messining Braziliyaga qarshi o‘yingacha tiklanishini istamoqda, "Barselona" esa bunga qarshi

Argentina Futbol federatsiyasi milliy terma jamoaning asosiy hujumchisi Lionel Messining 14 noyabr kuni JCh-2018 saralashi doirasida Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yingacha jarohatlaridan to‘liq tuzalishini istamoqda.

El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, argentinaliklar 28 yoshli futbolchining jarohatlaridan davolanish jarayonini tezlashtirmoqchi.

O‘z navbatida hujumchining jamoasi "Barselona" bunga qarshi chiqmoqda. Kataloniyaliklar Messining jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmasdan turib, Braziliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi va bu o‘yinda jarohatini yangilab olishidan xavotir olishmoqda.

Bundan avvalroq, Braziliya terma jamoasi a'zosi va Messining "Barselona"dagi jamoadoshi Dani Alves futbolchining o‘z terma jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini xohlashini aytgandi.

Undan oldinroq esa, Messi 21 noyabr kuni "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi "el klasiko" bahsigacha safga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Cadena Ser nashri Lionel Messining tizzasidagi jarohat tuzalib borayotgani va u 14 noyabr kuni Argentina va Braziliya o‘rtasidagi o‘yingacha safga qayta olishi mumkinligi haqida yozgan.

Top