Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: AQShning uzoq urushlari Obama ketgach ham davom etadi
AQSh prezidenti o‘z prezidentlik vakolati tugagunga qadar Amerika boshlagan ikki urushni to‘xtatishga va'da bergandi. Ammo u ana shu va'dasidan birini ustidan chiqa olmaydi, shekilli, deb yozmoqda Bloomberg.
Maqola muallifining yozishicha, Obama Iroqdagi urushni nafaqat ortga suryapti, balki Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarini ham boshqara bilmayapti. Payshanba kuni prezident keyingi yilga qadar Afg‘onistonda 10 minga yaqin AQShlik harbiylar qolishini ma'lum qilgan edi. 2017 yilga kelib esa, ularning teng yarmi afg‘on askarlariga mashqlar o‘rgatish va hududda antiterror amaliyotlar o‘tkazish maqsadida Afg‘onistonda qoladi. bularning bari shuni ko‘rsatib turibdiki, AQShning urushlari Obama ketgach ham davom etadi.
“Men nihoyasiz urush g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayman”, — deb o‘tgan Obama. — Shunga qaramay, Afg‘onsiton AQShdek hamkorining yordamiga doim muhtoj”.
Shuningdek, prezident 3,5 ming AQShlik harbiy IShIDga qarshi kurashish uchun iroqlik harbiylarga yordam berish uchun jo‘natilishini ta'kidlab o‘tgan.