Jahon | 18:24 / 16.10.2015
4607
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Rossiyaliklar AQShni yomon ko‘radi, lekin u yerga ko‘chib o‘tishni xohlaydi

Levada-sentr o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 70 foizi AQShga salbiy munosabatda bo‘lishiga qaramay, ularning katta qismi shu davlatga ko‘chib o‘tishni xohlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
AQSh Davlat departamenti ma'lumotlariga qaraganda, joriy yilda Rossiyadan 265 ming kishi Grin-karta uchun murojaatnoma yo‘llagan.

Rossiyaga yiliga 4 ming karta ajratiladi.
O‘tgan yili rossiyalik 245 ming kishi AQShda vaqtinchalik yashash va ishlash huquqini beradigan vizalarga ega bo‘lgan. 10 yil muqaddam bu raqam 2 barobar kichikroq edi.
Shuningdek, 3 622 rossiyalik doimiy yashashga ruxsatnoma olgan. Ulardan 56 nafari AQSh iqtisodiyotiga 500 ming dollardan ortiq investitsiya kiritishga tayyorligi bois bunday huquqni qo‘lga kiritdi.

“Men suhbatlashgan insonlar bir necha yil muqaddam Moskvadan ko‘ngillari to‘q edi, endi esa ular ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, - dedi Nyu-Yorkda ishlovchi immigratsion advokat Marina Fuksman.
“Boy rossiyaliklar AQShga o‘z pullarini saqlab qolish, turmush o‘rtoqlari va bolalarini joylashtirish uchun qulay joy deb sanamoqda. Kambag‘alroq odamlar esa shunchaki bu yerda ko‘proq pul ishlash ilinjida”, - qo‘shimcha qildi yurist.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish