Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk bastakor Volfgang Amadey Motsartning do‘stiga yozgan maktubi 217 ming dollarga sotildi
Avstriyalik daho, buyuk bastakor Volfgang Amadey Motsartning do‘stiga yozgan bir sahifalik maktubi uning ixlosmandi tomonidan 217 ming dollarga sotib olindi. Ushbu maktub AQShning Boston shahridagi RR Auction auksion uyida sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Nemis tilida yozilgan maktub avstriyalik botanik Nikolaus Jakenga yo‘llangan. Motsart maktubda yaqin do‘stidan unga uchta partiturasini: fortepiano uchun 1-sonli sol minor kvarteti (K. 478), fortepiano, skripka va violonchel uchun sol major triosi (K. 496) va skripka uchun 33-raqamli sonatani (K. 481) qaytarib berishni so‘raydi.
Mutaxassislarning fikricha, maktub 1786 yilning iyul-avgustiga mansubdir. Maktubni sotib olgan kolleksionerning shaxsi oshkor qilinmadi.