18:42 / 16.10.2015
4577

Emomali Rahmon ekstremistik guruhlar sonining oshishidan xavotirda

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ekstremistik guruhlarning sonining ortayotganligi munosabati bilan o‘z xavotirini bildirdi. Bu haqda u MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

U MDH yetakchilarini zamonaviy tahdidlarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi. Iqtisodiy inqiroz hamda dunyoning ko‘p qismlarida siyosiy beqarorlik hukm surayotgan bir paytda MDH davlatlari birlashib harakat qilishi lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, u ekstremistik guruhlar sonining oshishi, terrorchilar safiga yoshlarning qo‘shilayotgani, IShIDning faollashayotgani munosabati bilan xavotir bildirib, MDHni bunga qarshi choralar ko‘rishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Top