19:03 / 16.10.2015
4293

Yevgeniy Leonovning Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketildi

Rossiyalik taniqli aktyor Yevgeniy Leonovning Mosfilm ko‘chasida o‘rnatilgan haykali noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘rilab ketilgan. Bu haqda Moskva shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Skulptura ko‘rinishadig mazkur kompozitsiya 2001 yilda Yevgeniy Leonovning mashhur kinolaridan biri – «Omadli jyentlmenlar» filmidagi Dosent laqabi bilan tanilgan obrazi uchun o‘rnatilgandi.

«Moskva shahar politsiyasi Mosfilm ko‘chasida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi», - deydi mahalliy IIV vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqea yuzasidan ko‘rilgan zarar miqdori 160 ming rublni tashkil qiladi.

Top