08:10 / 16.10.2015
2150

Yevropaning Tashqi chegaralarni qo‘riqlash agentligi noqonuniy muhojirlarni ortga qaytarish vakolatini oladi

Yevropa Ittifoqi yaqin orada Tashqi chegaralarni qo‘riqlash agentligi Frontex’ga noqonuniy muhojirlarni Yevropa Ittifoqi chegarasidan tashqariga chiqarib yuborish vakolatini bermoqchi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Bizning maqsad Frontex’ga noqonuniy muhojirlarni o‘z vatanlariga qaytarish huquqini berish va uni tashqi chegaralarni himoya qilishda faolroq qilishdan iborat”, deb aytdi Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk.

Bundan tashqari, YeI davlatlari Frontex va EASO’ni (Yevropaning boshpana taqdim qilish bo‘yicha agentligi) qo‘llab-quvvatlash uchun yuzlab chegarachilarni yuborishmoqchi.

Top