Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:12 / 16.10.2015
2602
1 daqiqa o‘qiladi
Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi Moskvada bo‘lib o‘tadi
Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi shu yilning dekabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda barchasi kengashning yuqori rahbarlari to‘plangan Akmolinsk viloyati, Burabay kurort qishlog‘ida kelishib olindi.
“Biz barchasini aniqlashtirib oldik. Keyingi yig‘ilish Moskvada, dekabr oyida o‘tkaziladi. Mana shu yili biz Moskvada uchrashamiz”, - dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Bunga javoban, Rossiya prezidenti Vladimir Putin navbatdagi yig‘ilish uchun barchasi tayyor ekanligini aytib o‘tgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish