17:07 / 16.10.2015
3126

Fiat Jeep asosida qurilgan pikapni jamoatchilikka ko‘rsatdi

Fiat kompaniyasining Braziliya bo‘linmasi Toro pikapining Janubiy Amerika bozoriga mo‘ljallangan nusxasining birinchi suratini chop etdi. Ma'lum qilinishicha, mashina Jeep kompaniyasi platformasiga qurilgan bo‘lib, unda Renegade kompakt krossoveri komponentlariga ham egadir. U Compass va Patriot modellarining o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Pikapning gabarit uzunligi 5 915 mm ni tashkil qildi. Salonga besh kishi sig‘adi, yuk ko‘tarish hajmi 1 tonnaga yetadi. Standart uskunalar sirasiga xavfsizlik yostiqlari, ABS, toqqa chiqishda yordam berish tizimi, konditsioner va olti dinamikli audiotizim kiradi.

Toro motor gammasini 1,8 va 2,0 l li dizelli agregatlar tashkil qilgan bo‘lib, ularning kuchi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Kutilishicha, ulardan har biri 138 va 170 ot kuchiga ega bo‘ladi. Birinchi dvigatel 6 diapazonli “avtomat”, ikkinchisi esa 5 diapazonli “mexanika” bilan uyg‘unlikda ishlashi kutilmoqda.
Fiat Toro sotuvlari 2015 yil boshida yoki 2016 yil oxirida boshlanadi. Braziliyada uning narxi 19-30 ming dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Top