Bir donişmand: “Televizorni köp köradiganlar köp kitob öqiydiganlarga hamişa xizmat qiladilar”. Brayan Treysi buni öz tajribasidan biladi. Zero u, öz muvaffaqiyatiga öqigan köplab kitoblari va ularni amalda qöllaganliklari tufayli erişa olgan. Bu uning bugungi kundagi darajaga yetişiga – jahon miqyosidagi eng sara notiq va trenerlardan biriga aylanişiga kömak berdi.
U iqtisod, tarix, biznes, falsafa va psixologiya kabi sohalarni örgandi va tadqiq etdi. Özining tinimsiz mehnati tufayli (u allaqaçon 70ga yaqin kitoblarni yozib ulgurgan, ular jahonning 42 tiliga tarjima qilinib, çop etilgan) u dunyoda asarlari eng köp sotiluvçi mualliflardan biriga aylandi. Quyida Brayan Treysining eng maşhur asarlarining qisqa annotatsiyalari keltirilgan.
«Biznesdagi muvaffaqiyatning 100 ta tengsiz qonuni» asari
Nega ayrimlar boşqalarga nisbatan biznesda muvaffaqiyat qozona oladi? Nega alohida korxonalar rivojlanadi-yu, boşqalar halokatga uçraydi? Maşhur ma'ruzaçi, yozuvçi va biznes masalalari böyiça ekspert uşbu oson bölmagan savollarga javob topa oldi. Bu kitobida Brayan Treysi butun dunyo tadbirkor kişilari muvaffaqiyatining asosida yotuvçi tamoyillar majmuasi yoki “universal qonunlari”ni izohlaydi. Treysining amaliy tavsiyalari mehnat va biznesning eng muhim sohalariga aloqador 100ta anglaşga oson va qöllaşda sodda bölgan qonunlar qörinişida aks etgan. U, şu bilan birga, har bir qonunning qanday işlaşini yaqqol körsatuvçi real hayotdan misollar keltirib, kitobxonga mazkur qonunlarni faoliyatda va hayotda tadbiq etiş böyiça maşqlarni ham taklif etadi.

Kitob, eng avvalo, öz salohiyatini maksimal darajada qöllaşni, öz kasbiga bahş etayotgan qimmatbaho soatlar, haftalar va yillar evaziga eng yuqori miqdoriy va sifatli natijalarga erişişni maqsad qilib olgan biznes olamida faoliyat yurituvçi kişilar uçun yozilgan.
«Millionerlar muvaffaqiyatining 21 siri» kitobi
Özini millioner qilgan yuzlab kişilarning odatlari va xatti-harakatlari haqida ma'lumotlarni töplagan, örgangan va umumlaştirgan holda, muallif, har bir kişi, uning dastlabki holatidan qat'iy nazar, muvaffaqiyatga erişiş yölida rioya qilişi zarur bölgan tamoyillarni ifodalab bergan.
Bu kitob – öz mol-mulkini özi işlab topgan kişilar kabi, keng va qiziqarli mavzu böyiça olib borilgan ön beş yillik tadqiqotlar, örganişlar va şaxsiy tajribaning natijasidir. Kitob, Treysi tomonidan, boylik orttiriş masalalariga bağişlangan, yuzlab öqilgan kitob va minglab maqolalari asosidagi birlamçi ğoya va strategiyalarni öz içiga oladi. Mazkur barça ğoya va strategiyalar kitobda şunday sodda, tuşunarli va işlaş uçun qulay bölgan körinişda taqdim etilganki, zero, har bir kitobxon ularni bir onda örganib, amalda tadbiq etişga kirişa olsin.






