Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada IShIDga jangari yollagan rossiyalik qo‘lga olindi
Berlin prokuraturasi mahalliy masjid imomi bo‘lgan rossiyalikni hibsga oldi, u IShID safiga yoshlarni yollashda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Biz 14 oktabrda Berlinda prokuratura xodimlari tomonidan, 30 yoshli Rossiya fuqarosi, mahalliy masjid imomi Murod A. ismli shaxs ushlanganini tasdiqlaymiz. U terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda va masjidga kelgan yoshlarni, asosan chechen millatiga mansub bo‘lganlarni hamda ijtimoiy tarmoq orqali IShID guruhi safida jangovor harakatlarda qatnashish uchun Suriyaga yuborishga yollashda ayblanmoqda”, deb aytdi Berlin prokuraturasi vakili.
Prokuraturada qo‘lga olingan rossiyalik Dog‘istondan ekanligi hamda ruscha va chechenchada yaxshi gapira olishi ma'lum qilindi.
Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi matbuot kotibi Sergey Belyayev ayblanuvchi hozircha elchixonaga konsullik yordami so‘rab murojaat qilmaganini ma'lum qildi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, taxminan 2,5 mingga yaqin rossiyalik fuqaro IShID a'zosi hisoblanadi.