18:57 / 16.10.2015
4961

Internetda AQSh tomonidan dronlar qo‘llanilishiga doir ma'lumotlar paydo bo‘ldi

The Intercept nashri AQSh tomonidan Afg‘oniston va Yamanda uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari qo‘llanilishi haqidagi ko‘plab maxfiy hujjatlarin oshkor qildi. The Wired nashrining yozishicha, bu ma'lumotlar “Ikkinchi Edvard Snouden” deb atalgan noma'lum informant tomonidan taqdim etilgan.

Hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, MRB va AQSh maxsus operatsiyalar qo‘shma qo‘mondonligi dronlar yordamida 5 oy mobaynida yo‘q qilingan obektlarning 90 foizini nishon sifatida ko‘zlangan maqsadlar bo‘lmagan deb baholagan.

Shuningdek, hujjatlarda AQSh rahbariyati dronlarni qo‘llash haqidagi qarorni qanday qabul qilishi, nishonlar qanday tanlanishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

“Terrorchilikda ayblanayotgan shaxslar ro‘yxatining o‘sishi, odamlarni ta'qib qilish, ularni ro‘yxatga kiritish, ularga raqamlar va “beysbol kartalari”ning berilishi, ularning butun dunyo bo‘ylab jang maydonlarida ogohlantirishsiz o‘lim jazosiga hukm qilinishi – bularning bari avval boshidan noto‘g‘ri edi. Biz buning bo‘lishiga yo‘l qo‘yib berdik”, - dedi nomi tilga olinmagan manba.

Top