Jahon | 12:41 / 16.10.2015
2788
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti: Seul va Vashington Shimoliy Koreyani o‘z yadroviy rejalaridan voz kechishga ko‘ndirishi kerak

Janubiy Koreya va AQSh birgalikda Shimoliy Koreyani yadroviy rejalardan voz kechib, islohotlar va ochiq-oydinlik yo‘lidan borishiga ko‘ndirishi kerak. Bu haqda 15 oktabrda AQShga tashrif bilan kelgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe aytib o‘tdi.

“Janubiy Koreya-AQSh alyansi Pxenyanga yadroviy dasturidan voz kechish, izolyatsiyadan chiqish va islohotlar boshlashga yordam beruvchi kuchlarga boshchilik qilishi kerak”, deb aytdi Pak Kin Xe Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidagi nutqi davomida. Janubiy Koreya prezidenti yozda xalqaro vositachilik yordamida yadroviy kelishuvni tuzgan Eronni ijobiy misol sifatida keltirib o‘tdi. Pak Kin Xe Shimoliy Koreyani islohotlar o‘tkazishda Vetnam va Myanma yo‘lidan borishga chaqirdi.

Pak Kin Xe Koreya yarimorolidagi vaziyat haqida gapira turib, bu mintaqa “Shimoliy Koreya tomonidan ig‘volar uyushtirilishi mumkinligi tufayli ikkilanish holatida turibdi”, deb ta'kidlab o‘tdi va bu ig‘volar sifatida yangi qit'alararo ballistik raketa uchirilishi yoki yadroviy sinovlar o‘tkazilishi mumkinligini keltirib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish