Jahon | 21:54 / 16.10.2015
5018
1 daqiqa o‘qiladi

Kuniga 100 ga yaqin jangari Suriyadan Turkiyaga qochqin sifatida o‘tmoqda

Kuniga 100 ga yaqin jangari Suriya-Turkiya chegarasini qochqin ko‘rinishida kesib o‘tmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Kartapolovning aytishicha, razvedka ma'lumotlari, jumladan radioushashlarga ko‘ra, har tun Rayhonli tumanidagi o‘tish joyi orqali 100 ga yaqin “Jibhad an-Nusra” jangarisi va Jarabulus tumanidagi o‘tish joyidan IShID jangarilari Turkiya chegarasini kesib o‘tmoqda.

Kartapolov jangarilar jangovor harakatlar hududlaridan Suriya-Turkiya chegarasidagi qochqinlar uchun mo‘ljallangan o‘tish joylari orqali qochib ketayotganlari haqida tekshirilgan ma'lumotlar borligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish