22:30 / 16.10.2015
7620

KUN.UZ dayjesti: 16 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

G‘aroyibot: Internetda Xitoy osmonida “arvoh-shahar” manzarasi tasvirlangan video paydo bo‘ldi>>

Xitoyning Tszyansi va Guandun viloyatlari aholisi osmonda g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘lishdi va buni kameralarga qayd qilishdi: osmonda bulutlar orasida suzib yurgan osmono‘par binolar tasviri ko‘rindi. Birinchi marta bunday holat oktabr boshida  Guandun viloyatining Foshan shahrida, bir necha kundan keyin esa Tszyansida kuzatilgan.

2016-2017 yilgi YeChL finali Kardiffdagi "Millenium" stadionida o‘tkaziladi>>

UYeFA 2016/17 yilgi mavsum Yevrokuboklarning final o‘yinlari qaysi shaharlarda bo‘lib o‘tishini e'lon qildi. Unga ko‘ra, 2017 yilgi YeChL final uchrashuvi Uels poytaxti Kardiff shahridagi 74 500 tomoshabinga mo‘ljallangan “Millenium” stadionida bo‘lib o‘tadi.

National Geographic O‘zbekistonning tog‘ manzaralarini e'lon qildi>>

O‘zbekistonlik fotograf Yevgeniy Diripaskin tomonidan tasvirga olingan fotosuratlarda Chimyon tog‘lari va tungi osmon manzaralarini ko‘rish mumkin.

“Malika” savdo markazida planshet narxlari (2015 yil 14 oktabr)>>

Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan planshetlar narxlari «Terabayt.Uz» saytida e'lon qilindi.

“Malika” savdo markazida telefon narxlari (2015 yil 14 oktabr)>>

Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan smartfonlar narxlari «Terabayt.Uz» saytida e'lon qilindi.

MDH davlatlaridagi eng antiqa kashfiyotlar>>

Sobiq Ittifoq davlatlarining olimlari tomonidan oxirgi yillarda taqdim qilingan eng antiqa kashfiyotlar ro‘yxati e'lon qilindi.

AQSh qamoqxonalarida cho‘chqa go‘shti taqiqlandi>>

Baraka Obama (Barak Obama) ma'muriyati mamlakat qamoqxonalari menyusidan cho‘chqa go‘shtini olib tashlash haqida qaror qabul qildi deb yozadi muxlis.uz sayti. 

VIDeO: Nazarboyev u bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan milliarderni chetga surib tashladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi chog‘ida qozog‘istonlik milliarder va diplomat Bo‘lat O‘temuratovni noqulay vaziyatga solib qo‘ydi.

Xitoy dollar milliarderlari soni bo‘yicha birinchi marta AQShdan o‘tib ketdi>>

Oxirgi yil ichida Xitoyda dollar milliarderlari soni 242 nafarga ko‘paydi – endi bu davlatda 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lgan 596 nafar odam yashamoqda. Xitoy ushbu ko‘rsatkich evaziga birinchi marta AQShdan o‘tib ketdi. Hozirda AQSh da 537 nafar milliarder yashamoqda. 

Avstraliyada Malayziya sultoni uchun karovat va oshxonasi bor yuk mashinasi tayyorlandi>>

Avstraliyaning Brisben shahrida Malayziya sultoni Ibrohim Ismoil uchun mo‘ljallangan hashamatli yuk mashinasi yaratildi. Bu mashina 15 oktabr kuni o‘tkazilgan King George Square shousi vaqtida namoyish etilgan.

Plutonga sayyora maqomi qaytarilishi mumkin>>

NASA olimlari Science jurnalida Pluton mitti sayyorasi haqida New Horizons missiyasidan olingan dastlabki tadqiqotlar asosida olingan ma'lumotlar asosidagi tahlilni e'lon qildi. Kashfiyotlardan biri yupqa atmosfera bo‘ldi.

Yevgeniy Leonovning Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketildi>>

Rossiyalik taniqli aktyor Yevgeniy Leonovning Mosfilm ko‘chasida o‘rnatilgan haykali noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘rilab ketilgan. Bu haqda Moskva shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Hindiston shtatlaridan birining rahbari hududdagi musulmonlarni mol go‘shti iste'mol qilishni to‘xtatishga chaqirdi>>

Hindistonning Xaryana shtati rahbari Manoxar Lal Kxattar hududda istiqomat qiluvchi musulmonlarni mol go‘shti iste'mol qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Afrikada so‘nggi 30 yillikdagi eng yirik fil ov qilindi>>

Germaniyalik ovchi Zimbabvening janubi-sharqidagi Gonarajye milliy bog‘ida yashayotgan ulkan va keksa filni otib o‘ldirdi. The Daily Telegraph nashrining aniqlik kiritishicha, bunday yirik fil oxirgi marta bundan 30 yil muqaddam ovlangandi.

Microsoft o‘z noutbuklarini chegirma asosida sotadi>>

Microsoft o‘z noutbuklarini kompaniyaning rasmiy do‘konlarida eski leptoplarni almashtirish evaziga chegirma asosida sotmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Mitingda shaxdam qadam tashlab chopayotgan falastinlikning surati internetda memga aylandi>>

Falastinlik huquqshunoslar uyushtirgan namoyish ishtirokchilaridan biri namoyishchilarga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llangach, xavfdan oyoqlarini yuqori ko‘tarib qochishga tushadi va bu lahza tasvirga tushadi.

Top