Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada 20 yoshli xaker IShIDga ma'lumotlar yetkazishda gumon qilinib qo‘lga olindi
Malayziya hukumati AQSh xavfsizlik kuchlari haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritib, ularni Suriyadagi IShID jangarilari yetkazish maqsadida Amerika serverlariga xakerlik hujumini amalga oshirishda gumon qilingan 20 yoshli kosovolik talabani hisbga oldi, deya xabar qildi. Mahalliy politsiya boshlig‘i Xolid Abu Bakar.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, gumondor sentabr oyida Kuala-Lumpurga tutash posyolkada qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda AQShga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda, deya xabar berdi DPA agentligi.
Politsiyadagi anonim axborot manbasining aytishicha, Malayziya hukumati Amerika MRB ma'lumotlari bo‘yicha uni qo‘lga olgan.