11:11 / 16.10.2015
2290

Marsyal APLning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

"Manchester Yunayted" jamoasining fransiyalik yosh hujumchisi Antoni Marsyal APLda o‘tgan oyning eng yaxshi hujumchisi sifatida e'tirof etildi.

Marsyal sentabrda "MYu" safida o‘tkazilgan 3ta tur o‘yinida 3ta gol urdi va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

U jamoa bilan "Liverpul", "Sanderlend" va "Sautgempton" jamoalariga qarshi o‘yinlarda zafar quchdi.

Ayni vaqtda "qizil iblislar" APL turnir jadvalida 16 ochko to‘plagan holda "Arsenal"dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top