Jahon | 15:09 / 16.10.2015
2645
1 daqiqa o‘qiladi

MDH Davlat rahbarlari kengashining keyingi majlisiga Qirg‘iziston raislik qiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining keyingi majlisi 2016 yilning 16 sentabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, MDH davlat rahbarlari kengashining Qozog‘istondagi Burabay qishlog‘ida o‘tkazilayotgan majlisi vaqtida tuzilmaning ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma'lum qildi.

"Majlis vaqtida 2016 yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining keyingi majlisini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi. Qirg‘iziston prezidenti taklifiga ko‘ra 2016 yilning 16 sentabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida navbatdagi majlis o‘tkaziladi", deydi kotib.

Bugungi muzokaralarda BMT tashkil topishining 70-yilligi hamda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash yuzasidan bayonot qabul qilindi.

Yig‘ilish mobaynida 2020 yilgacha MDH davlatlarining harbiy hamkorligi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Shuningdek, boshqa bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish