Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi ish boshladi
Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi ish boshladi. Marosimda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti N. Nazarboyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimov, Rossiya Federatsiyasi prezidenti V. Putin, Armaniston Respublikasi prezidenti S.Sargsyan, Belorus Respublikasi prezidenti A.Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti I.Aliyev, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti A.Atambayev, Moldova Respublikasi bosh vaziri V.Strelets, Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari S.Satlikov ishtirok etmoqda.
Majlisning ochilishida Qozog‘iston yetakchisi majlisning barcha ishtirokchilari nomidan A.Lukashenkoni o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi, shuningdek, A.Atambayevni Qirg‘izistonda parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi.
Uning qayd etishicha, majlis kun tartibida 17ta masala o‘rin olgan. Katta qismi xavfsizlik va tartibni saqlash masalalariga bag‘ishlanadi.