20:23 / 16.10.2015
8692

MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida bir qator hujjatlar imzolandi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligi ostidagi Qozog‘istonning Oqmola viloyati Bo‘raboy posyolkasida o‘tayotgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida bir qator hujjatlar imzolandi.

“MDH doirasida rejalashtirilgan barcha tadbirlar o‘tkazildi. Shu kunlarda Ostonada MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ahli 10-anjumani bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Dushanbeda MDH hukumatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirlar bilan raisligimizni yakunlaymiz. Fursatdan foydalanib, barcha hamkorlarimizga tushunganliklari, MDHdagi raisligimizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman”, deb aytdi Nazarboyev.

Imzolangan hujjatlar orasida quyidagi: BMT tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlari arizasi; xalqaro terrorchilikka qarshi MDH davlatlari rahbarlari arizasi; Chernobil AESda falokat yuz berganining 30 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlari murojaati; MDHda migratsion jarayonlarning huquqiy ta'minlanishi; MDH davlatlari hududida birgalikdagi tergov-tezkor guruhlarini tashkil etish tartibi va faoliyati haqidagi kelishuv; favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va ularni bartaraf etish sohasida MDH davlatlarining hamkorligi haqidagi kelishuv; 2016-2020 yillarda tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha MDH davlatlarining hamkorlik dasturi; MDH davlatlari aksilterrorchilik markazi rahbari; MDHda raislik qilish haqida; MDH davlatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish haqidagi va yana bir qator hujjatlar bo‘ldi.

Top