Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH rahbarlari BMT Xavfsizlik Kengashi samaradorligini oshirish zarurligini ta'kidladilar
MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining ishtirokchilari BMT Xavfsizlik Kengashi faoliyatining samardorligini oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tdilar.
“MDH davlatlari rahbarlari e'tiborini BMT tashkil topishining 70 yilligi munosabati bilan qabul qilingan bayonotga qaratmoqchi edim. Bugungi murakkab vaziyatda BMT ixtilofli vaziyatlarni bartaraf qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan tashkilot vazifasini o‘z zimmasiga olishi lozim.
MDH davlatlari rahbarlari uning o‘rni mustahkamlashuvini qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi tashkilot ijroiya qo‘mitasi raisi S. Lebedev.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.