Texnologiya | 20:15 / 16.10.2015
3261
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft o‘z noutbuklarini chegirma asosida sotadi

Microsoft o‘z noutbuklarini kompaniyaning rasmiy do‘konlarida eski leptoplarni almashtirish evaziga chegirma asosida sotmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Mazkur aksiya narxi 599 dollardan ziyod Microsoft noutbuklari uchun amal qiladi. Microsoft har qanday noutbuki sotuvida 200, MacBook topshirilganda 300 dollargacha chegirma qilishi mumkin. Shunga yarasha chegirmaga ega bo‘lishning o‘ziga yarasha shartlari bor.

Topshiriladigan qurilma olti yildan ko‘p ishlamagan, ishlash xususiyatiga ega va jiddiy zarar ko‘rmagan bo‘lishi kerak. Displey diagonali 11 dyyumdan kichik bo‘lmasligi kerak.
Aktsiya 14 oktabrdan 20 oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi. U faqatgina AQSh va Kanadada amal qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish