Jahon | 21:07 / 16.10.2015
5869
2 daqiqa o‘qiladi

Mitingda shaxdam qadam tashlab chopayotgan falastinlikning surati internetda memga aylandi

Falastinlik huquqshunoslar uyushtirgan namoyish ishtirokchilaridan biri namoyishchilarga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llangach, xavfdan oyoqlarini yuqori ko‘tarib qochishga tushadi va bu lahza tasvirga tushadi.

BuzzFeed nashrida yozilishicha, 12 oktabr kuni Quddusdagi voqealar munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bu namoyishdagi shu holat tasviri internetga joylashtirilgach, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.

Bu surat Twitter, Tumblr va Reddit`da yangicha ko‘rinishlarda tarqaldi. Internet foydalanuvchilari Photoshop orqali fotojablar seriyasini hosil qilishgan.
Internet foydalanuvchilari ushbu arab suratini gulxan ichida gavdalantirishgan, uni hind filmi qahramoniga aylantirishgan hamda bu advokatni Barak Obama bilan bouling o‘ynayotgan holatda tasvirlashgan.

Oktyabr oyida Quddusda arablar va isroilliklar o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Oyning birinchi haftasida arablar tomonidan amalga oshirilgan hujumlarni bartaraf etish chog‘ida 25 nafar falastinlik otib o‘ldirilgan. Ularning hujumlari tufayli halok bo‘lgan isroilliklar vakillari soni 5 nafarni tashkil qilmoqda.

Undan oldinroq, Isroil politsiyasi falastinliklarning qadim shahar Quddusdagi Al-Aqsa masjidiga kirishini cheklab qo‘ygandi. O‘tgan hafta oxirida o‘sha hududda yuzaga kelgan to‘qnashuvlar natijasida ikki nafar isroillik fuqaro falastinliklar tomonidan pichoqlab ketilgandi. Aynan mana shu sabab Eski shahar falastinliklar uchun yopib qo‘yilgandi.

Oxirgi xabarlarda Isroildagi millatlararo nizolar qurbonlari soni 39 kishini tashkil etayotgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish