Jamiyat | 21:40 / 16.10.2015
10174
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada tug‘ilayotgan go‘daklarning eng ommabop ismlari

Rossiya poytaxtida yangi tug‘ilayotgan bolalarga qaysi ism eng ko‘p qo‘yilayotgani ma'lum bo‘ldi. “Moskva FHDYosi olib borgan 9 oylik kuzatuv natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, moskvaliklar yangi tug‘ilayotgan bolalariga ism tanlashda konservativlarcha yondashishmoqda. Ism qo‘yishda hech qanday radikal ruhiyat sezilmayapti”, - deb ma'lum qiladi Moskva FHDYo rasmiy sayti.

Qizlarga aksari holatlarda Sofiya yoki Sofya ismini, ayniqsa, birinchi variantni ko‘proq qo‘yishmoqda. Sofiya deb 1,9 ming, Sofiya deb esa 939 ming nafar qizga ism qo‘yilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Mariya, Anna, Anastasiya va Viktoriya ismlari turibdi.

O‘g‘il bolalar ismi top beshtaligiga Aleksandr, Maksim, Artyom, Mixail va Daniil (Danila, Danil) kirgan. Ma'lum bo‘lishicha, Aleksandr ismini qo‘yish yil sayin foiz hisobida tushib bormoqda. Agar 1990 yilda shu ism bilan 9 foiz o‘g‘il bola nomlangan bo‘lsa, 2015 yil yanvar holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish