Sport | 16:06 / 16.10.2015
2447
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarning otasi: «MYu» bizga taklif bilan chiqqandi, ammo biz bunga qiziqmadik

"Barselona" klubi hujumchisi Neymarning otasi o‘g‘liga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirgani haqida aytib o‘tdi.

"Barselona" klubi "MYu"dan taklif olgan. Ammo klub bizga Neymarni sotish niyati yo‘qligini ma'lum qildi. Biz ham bu taklifga qiziqib o‘tirmadik. "Barselona" bilan amaldagi shartnomamiz yana uch yilga mo‘ljallangan. O‘g‘lim shartnomasi yakuniga yetgunga qadar klubda qolmoqchi. Bu gap o‘tmishda qoldi", - deydi Neymarning otasi.

Avvalroq, "MYu" klubi Neymar uchun 190 million yevro taklif qilayotgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish