Jahon | 07:54 / 16.10.2015
2733
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi masjidda portlash yuz berib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Nigeriyaning Maydaguri shahridagi masjidda portlash yuz berdi va ibodat qilish uchun kelgan o‘nlab kishilar hayotdan ko‘z yumdi.

"Masjid ichidagi barcha odam halok bo‘ldi. U yerdan hech kim tirik chiqmadi", deb guvohlik bergan mahalliy savdogarlardan biri.

Yana bir manbada masjid ichidan falokatdan keyin 42 kishini jasadi chiqqani haqida ma'lum qilgan.

Shu haftaning o‘zida Nigeriyaning shimoli-sharqida 3 marta portlash yuz berdi. Barcha portlashlar terrorchi-kamikadzelar orqali amalga oshirilmoqda.

Niger davlati Nigeriya bilan chegarada nazoratni kuchaytirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish