16:52 / 16.10.2015
2760

OAV: Yamandagi hukumat qo‘shinlariga uyushtirilgan hujum natijasida 10 harbiy va 2 terrorist halok bo‘ldi

Jangarilarning Yaman g‘arbidagi Xodeyd shahrida joylashgan maxsus xizmatlarning bosh qarorgohiga hujum uyushtirilish natijasida 10 harbiy va 2 terrorist halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, siyosiy xavfsizlik xizmati binosining asosiy darvozasiga hujum qilgan jangarilarning “Al-Qoida” xalqaro terroristik guruhiga mansub ekani taxmin qilinmoqda. Ular , granatomyot va pulemyotlardan o‘q ochishdi, shundan so‘ng boshqa darvoza oldida terrorchi kamikadze boshqaruvidagi avtomobil portlatib yuborilgan.

Top