Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK rahbari FIFA prezidentligi uchun saylovida o‘z nomzodini bilan qatnashadi
Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa FIFA prezidenti bo‘lmoqchi. U ushbu saylovda qatnashish uchun o‘z nomzodini ilgari suradi.
Bahraynlik 49 yoshli futbol amaldori shu vaqtgacha FIFA vitse-prezidenti Mishel Platini nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytib kelayotgandi, lekin Platini 90 kunga futboldan chetlashtirilgach, Al-Xalifa FIFA rahbarligisha o‘zi chiqishni istadi.
Press Association Sport nashrida yozilishicha, shayx Salmon 17 okyatbr kunida yoki 19 oktabr kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadigan FIFA ijroiy qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi vaqtida o‘z ishtiroki haqida rasman e'lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFAning yangi prezidenti 2016 yilning 26 fevralida o‘tkaziladigan saylov orqali aniqlanadi.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish muddati shu yilning 26 oktabr kunigacha etib belgilangan.