Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 22:25 / 16.10.2015
2788
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi keladi
2015 yilning 18 oktabr kuni Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Rua Toshkent shahriga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muntazam muloqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuvlar davomida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish