11:06 / 16.10.2015
2242

Pochettino APLning sentabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

"Tottenxem" jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLda o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.

Londonning "Tottenxem" jamoasi sentabr oyida ushbu mutaxassis yetakchiligida 3ta o‘yin o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabalardan biri turnir peshqadami "Manchester Siti" jamoasiga qarshi o‘yinda qozonildi 4:1.

Shuningdek jamoa APLning 5 va 6 turlarida "Sanderlend" hamda "Kristal Pelas" ustidan 1:0 hisoblarida g‘alaba qozondi. Sentyabr oyida Angliya ligasi kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda esa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lindi.

"Shporlar" ayni vaqtda 8 turdan keyin 13 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 8-o‘rnida joylashgan.

Top