18:00 / 16.10.2015
7925

Putin: MDHning 7 ming vakili IShID tomonida jang qilmoqda

MDH davlatlaridan chiqqan kamida 7 ming kishi IShID tarkibida turib harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

Putin ular yurtlariga qaytib, Suriyada o‘rganganlarini bu yerda takrorlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Top