Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: terrorchilarning maqsadlaridan biri Markaziy Osiyoga yorib kirishdir
Yaqin Sharqda uzoq yillardir faollik ko‘rsatayotgan terrorchi guruhlarning asosiy maqsadlaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib, bu yerda o‘rnashishdir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.
“Ular ko‘zlagan maqsadlardan biri Markaziy Osiyo mintaqasiga yorib kirishdir. Biz bunday ssenariyga kelishib qarshilik ko‘rsatishga tayyor bo‘lishimiz lozim”, - dedi u.
Shuningdek, Putin Afg‘onistondagi vaziyat inqirozga yaqin turganini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.