09:19 / 16.10.2015
4605

Ramzon Qodirov Chechenistondagi eng katta favvora homiyning puliga qurilganini ma'lum qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Grozniydagi katta favvora bir homiyning puliga yaratilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Qodirov uzunligi 300 metr va suv otilishi balandligi 100 metr bo‘lgan favvoraga pul ajratgan homiy ismini, uni qurish uchun qancha pul ketgani va kelajakda unga kim qarashi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritmadi.

“Biz bilan do‘st bo‘lish va yordam berishni istagan homiy odamlarning qiziqishini oshirish uchun Grozniyda favvora qurishga qaror qildi”, deb aytdi Qodirov.

Qodirovning aytishicha, Chechenistonda “yoshlarni jalb qilish uchun” favvoralar, osmono‘par binolar qurilishi davom etadi.

Avvalroq Ramzon Qodirov instagramda yangi favvora dunyoda eng kattaligini va ba'zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha Dubaydagi favvorani ortda qoldirishini aytgan edi.

Qodirov, shuningdek, “Grozniy dengizi” loyihasining umumiy qiymati 60 mlrd rublni tashkil qilganini aytib o‘tdi.

Top