Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov: Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozim
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozimligini, chunki ularning qamoqda saqlanishi “noto‘g‘ri” ekanligiga ishonchi komilligini aytdi. Uning fikricha, bunday kimsalar musulmonlar bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas.
“Terrorchilar uchun o‘lim jazosini kiritish lozim. Terrorchilar qanchalik tezroq hayotdan ketsalar, bizda shunchalik tez tartib bo‘ladi. Ular u yerda ham xalaqit bermoqdalar, u yerda ham odamlarni yollamoqdalar. Payg‘ambarimiz ular qayerda paydo bo‘lsa, o‘sha yerda qon to‘kiladi, ularni yo‘q qilish kerak deganlar”, deb aytdi Qodirov “Rossiya 24” telekanali efirida.
Ramzon Qodirov intervyu davomida Moskvada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan qo‘lga olingan terrorchilar IShID a'zolari hamda ulardan biri Aslan Boysultonov IShIDga qo‘shilgan jinoiy guruhlardan biri yetakchisining o‘ng qo‘li ekanligini aytib o‘tdi.