Jahon | 22:41 / 16.10.2015
3565
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Bosh shtabi: Rossiya aviatsiyasi Suriyada faqatgina terrorchilar obektiga zarba bermoqda

Rossiya aviatsiyasi tinch aholi bo‘lmagan marralarga aviazarbalar bermoqda, deb ma'lum qilmoqda Rossiya Bosh shtab vakili general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi xaftalarda jahon OAVlari Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi tinch aholi obektlariga ham aviazarbalar berayotgani haqdagi xabarlarni peshma-pesh chop etmoqda.

“Bu safar ham e'tiboringizni bir narsaga qaratmoqchiman. Bizning aviatsiya bir necha razvedka kanallari orqali va Bag‘doddagi axborot markazi tomonidan qo‘lga kiritilayotgan aniq ma'lumotlarga asoslanib, jangarilar obektlariga aviazarbalar bermoqda”, — dedi u.

Kartapolov yana shuni ma'lum qildiki, Rossiya tomoni Suriyadagi terrorchi tashkilotlar marralari haqida turli kanallardan ma'lumot so‘ragan. Ammo hanuzgacha savollarga javob olinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish