Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Bosh shtabida Suriyadagi IShID jangarilari ommaviy ravishda qochayotgani ma'lum qilindi
Suriyadagi IShID jangarilarining jang maydonidan qochishlari ommaviy tus olmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Kartapolovning ma'lum qilishicha, terrorchilik guruhlarining ko‘pchiligi ruhan singan, jangarilar o‘rtasida dala qo‘mondonlaridan norozilik kuchaymoqda, ularga bo‘ysunmaslik holatlari uchramoqda.
“Dezertirlik yakka-yakka holdagi ko‘rinishdan ommaviy ko‘rinishga o‘tmoqda”, deb aytdi Kartapolov.