Jahon | 22:27 / 16.10.2015
3812
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyadagi operatsiya boshidan beri IShIDning 456 ta obektini yo‘q qildi

Suriyada Rossiya aviatsiyasining qariyb 670 ta parvozi natijasida IShID jangarilariga tegishli 456 ta obekt yo‘q qilindi, deb ma'lum qildi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kartapolovning aytishicha, Suriyada 30 sentabrdan Rossiya harbiy-koinot kuchlari qo‘llana boshlangandan beri jami 669 ta jangovor parvoz amalga oshirilgan, ulardan 115 tasi tungi paytga to‘g‘ri kelgan. Jangarilarning eng muhim obektlarini yo‘q qilish uchun Kaspiy dengizidagi kemalardan “Kalibr” rusumidagi qanotli raketalar otilgan.

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining baholashicha, aviazarbalar natijasida jangarilarning infratuzilmasini sezilarli ravishda izdan chiqarishga erishilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish