22:59 / 16.10.2015
4754

Rossiya IShID safidagi rossiyaliklarni fuqarolikdan mahrum etmaydi

Rossiya Suriya hamda Iroq hududidagi IShID va boshqa terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilgan rossiyaliklarni fuqarolikdan mahrum qilmoqchi emas. Bu haqda TASS nashriga Rossiya Tashqi ishlar vazirining terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Oleg Sirmolotov ma'lum qilgan.

"Rossiya odamlarning ortga qaytishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biz Rossiya fuqarolarining ortga qaytishiga to‘sqinlik qilishga haqli emasmiz. Lekin aksilterror choralariga ham amal qilishda davom etamiz", deydi u.

Bundan avvalroq, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov IShID safiga o‘tib ketgan fuqarolarning pasportlari amal qilish muddatini to‘xtatish taklifini bildirgandi.

Top