23:17 / 16.10.2015
2922

Silvio Berluskoni partiya rahbari sifatida faol siyosiy faoliyatga qaytishini ma'lum qildi

Italiyaning sobiq bosh vaziri, 79 yoshli Silvio Berluskoni o‘zining “Olg‘a, Italiya”  partiyasi rahbari sifatida faol siyosiy faoliyatga qaytmoqda. Siyosatchi partiya rahbari sifatida viloyatlar partiya rahbarlari oldida nutq so‘zlab, o‘zining bosh vazifalarini tasvirlab berdi.

Xususan, Berluskoni partiyasi 51 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishib,  Italiyaning birinchi raqamli partiyasiga aylanishi kerakligini aytdi. Sobiq bosh vazir o‘zining sud oldidagi muammolari haqida eslatib, u ayblanuvchi sifatida ko‘rilgan barcha sud jarayonlarini “siyosiy” ekanligini aytdi. “Iso Masih ustidan sud ham siyosiy bo‘lgan”, deb kinoya bilan aytib o‘tdi Berluskoni.  

Berluskoni amaldagi bosh vazir Matteo Rentsini tanqid qilib, “doimo menga taqlid qilishga harakat qiladi, biroq eng yomon variantda”, deb kesatib qo‘ydi.

Top