Jahon | 17:14 / 16.10.2015
7590
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya bilan chegarada uchuvchisiz samolyotni urib tushirdi

Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh havo kengligida uchuvchisiz parvoz qiladigan samolyot urib tushirildi, deya xabar qildi Reuters agentligi Turkiya hukumatidagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Reuters`ning xabar berishicha, uchuvchisiz samolyotning aynan kimga tegishli ekani hozircha aniqlashtirilgani yo‘q. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmadi.

Turkiyaning NTV telekanali xabariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyot Turkiya havo kengligiga 2-3 kilometr ichkariga kirib borgan. Uning ilk fotosuratlari esa Huberturk TV telekanalida e'lon qilindi.

Avvalroq Turkiya bosh shtabi saytida Suriya bilan chegarada samolyot urib tushirilgani to‘g‘risidagi xabar e'lon qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish