Texnologiya | 09:48 / 17.10.2015
13183
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yili O‘zbekiston Belarusga Ravon brendi ostida avtomobil yetkazishni yo‘lga qo‘yadi

2016 yildan O‘zbekiston Ravon brendi ostidagi avtomobillarni Belarus bozoriga yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi.

“Ravon Chevrolet’ning tanish mashinalari taqdim etiladigan yangi brenddir. Masalan, Chevrolet Aveo’ni qayta ishlab chiqqan kompaniya Ravon Nexia’ga ega bo‘ldi, xuddi shunday qilib Chevrolet Lacetti Ravon-Gentra’ga aylandi.

Yaqin paytlar ichida Chevrolet Cobalt Ravon R4ga va Chevrolet Spark Ravon R2ga aylanadi”, - deyiladi autoban.by nashrida.
8 oktabr kuni Moskvada yangi brend taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Uz Daewoo mashinalari endi Rossiya avtobozorida shu nom ostida sotilishi ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish