20:16 / 17.10.2015
3316

Amazon soxta taqriz yozgan 1000 dan ko‘proq frilanser ustidan sudga shikoyat qildi

Amazon kompaniyasi servisda joylashtirish uchun soxta taqrizlarni sotadigan 1000 dan ko‘proq odam ustidan sudga shikoyat qildi. Kompaniya shu tariqa noinsof yo‘llar bilan o‘z mahsulotlariga qiziqishni oshirishga harakat qiladigan sotuvchilarga qarshi kurashishga harakat qilmoqda.

Amazon vakillarining aytishicha, kompaniya Fiverr arzonbaho autsorsing birjasida soxta taqrizlar yozish xizmatini taklif qiluvchi frilanserlar ustidan sudga da'vo arizasi berdi.

Kompaniya o‘zining da'vosida “Bu taqrizlar, ularning kam sondaligiga qaramasdan, iste'molchi va sotuvchilarga va demak Amazon brendiga ishonchning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deb ko‘rsatdi.

Kompaniya vakillari Fiverr foydalanuvchilari bilan suhbatni hamda biror mahsulotga “beshta yulduz” qo‘yishga va'da berib, sotuvchiga mahsulot uchun ijobiy taqriz yozib berishni taklif qilganlardan soxta taqrizlarni xarid qilishni o‘z ichiga olgan batafsil tergov o‘tkazdilar.

Kompaniya bunda Fiverr javobgar emasligi, chunki uning mavjudligi asosiy muammoni hal qilmasligini aniqlashtirib o‘tdi. Shu bilan birga Fiverr vakili Manning Barrinjyer kompaniya bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma'lum qildi: “Biz saytdan bizning foydalanish shartlarimizni buzuvchi barcha xizmatlarni olib tashlash borasida Amazon bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Shuningdek, biz nomaqbul kontent haqidagi barcha xabarlarga tezkorlik bilan javob bermoqdamiz”.

Avvalroq aprel oyida Amazon soxta taqrizlar sotgan bir nechta saytlarga ham qarshi choralar ko‘rib, ular ustidan sudga da'vo arizasi bergan edi.

 

Top