Texnologiya | 17:58 / 17.10.2015
3136
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh uchuvchisiz boshqariladigan apparatlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy qilmoqchi

AQShda barcha uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalar majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.

Aytilishicha, bu boradagi qaror dushanba kuni rasman e'lon qilinadi.
Dronlarni xarid qilish va undan foydalanish tartibini aniq nazorat ostiga olish uchun bundan buyon hukumat uning ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari bilan yaqindan aloqalar o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish