Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:36 / 17.10.2015
3900
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda US Airways brendi ostidagi samolyot so‘nggi parvozini amalga oshirdi
US Airways aviakompaniyasi brendi ostidagi so‘nggi samolyot San-Frantsiskodan Filadelfiyadagi aeroportga qo‘ndi va bu brend ostidagi so‘nggi reysni amalga oshirdi.
Associated Press nashrida yozilishicha, endilikda kompaniyaning barcha samolyotlari American Airlines brendi ostida uchadi.
Bu haqida 2013 yilda kompaniyalarning birlashishi paytida belgilab qo‘yilgandi.
US Airways reyslari 1939 yildan boshlab amalga oshirilib kelardi.