Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:53 / 17.10.2015
3981
1 daqiqa o‘qiladi
Atambayev: Suriyaning bugun mo‘'tadil muxolifati ertaga radikallashishi mumkin
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev diniy ekstremistlarni “mo‘'tadil” va “nomo‘'tadil”larga bo‘lish to‘g‘ri emasligini ta'kidladi.
“Kimlardir Suriyadagi muxolifatni mo‘'tadil va nomo‘'tadilga bo‘lishadi. Bugun u mo‘'tadil bo‘lsa, ertaga nomo‘'tadilga aylanadi”, - dedi u Rossiya televideniyesining “Vesti v subbotu s Sergeyem Brilem” ko‘rsatuviga bergan intervyusida.
Shuningdek, Atambayev terrorchilikning birlamchi manbasi savodsizlik ekanligini ta'kidladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish