Sport | 17:04 / 17.10.2015
3350
1 daqiqa o‘qiladi

YeChLning o‘tgan mavsumida barchadan ko‘p daromad qilgan jamoa "Yuventus" bo‘ldi

UYeFA jamoalarning yevrokuboklarda qancha daromad ko‘rishini hisoblab chiqdi.

Ma'lum qilinishicha, YeChLning o‘tgan mavsumida barchadan ko‘p daromad qilgan jamoa "Yuventus" bo‘ldi. Turinliklar 2014-15 yillar mavsumida 89 mln yevrodan ortiq daromad qilishgan.

O‘tgan mavsumda chempion bo‘lgan "Barselona" jamoasining YeChLda ishtirok etish orqali topgan mablag‘i 61 milliondan ko‘proqni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich ikkinchi yuqori natija hisoblanadi.

O‘z navbatida, Yevropa ligasida bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich "Sevilya" va "Napoli" jamoalariga tegishli bo‘ldi. Ispaniyaliklar o‘tgan mavsumda turnir g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda 19 mln yevro ishlab topishgan. Turnirni yarim final bosqichida tark etgan italiyaliklar esa 12 million yevrodan oshiqroq daromad qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish