23:56 / 17.10.2015
7839

Yelizaveta II AQShni Britaniya kolonnasiga aylantirish haqidagi iltimosga yumshoqlik bilan rad javobini berdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II AQShni yana bir bor Britaniya kolonnasiga aylantirishni iltimos qilib, unga maktub yo‘llagan AQSh fuqarosiga yumshoqlik bilan rad javobini berdi. Bu haqda 17 oktabr,shanba kuni The Independent nashri yozib chiqdi.

“Biz sizning fikrlaringizni diqqat bilan o‘qib chiqdik, ammo ishoning, boshqa davlat suverenitetiga daxl qilish qirolichaning vakolat doirasiga kirmaydi”, - deyiladi monarxga keluvchi xatlarni muvofiqlashtiruvchi vakilning maktub yo‘llovchiga qaratilgan rasmiy javobida.

Yelizavety II va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron nomiga Reddit foydalanuvchisi, no-soy-de-escocia niki ostida 16 sentabr kuni xat kelgan. Unda bir erkak kishi “butun amerikaliklarning nomidan” “Bizni (AQShni) qaytib o‘zingizga oling”, degan iltimosnoma bilan chiqilgan.

Reddit ning boshqa bir foydalanuvchisi, keyinroq shuni ma'lum qildiki, uning “anglofil” do‘sti respublikachilarning hukumat tepasiga kelish uchun qilayotgan ishlaridan hayratlanib, Bukengim saroyiga ushbu nomani yo‘llagan.

Top