22:19 / 17.10.2015
10782

FP: Saudiya Arabistoni, Isroil va Misr AQShga emas, Rossiyaga eshik qoqmoqda

AQShning eng asosiy ittifoqchilari oxirgi xalqaro voqealar ortida Vashingtonga emas, Moskvaga murojaat qilmoqda, deb yozmoqda  Foreign Policy jurnali muxbiri Den de Lyuk.

Maqola muallifining fikricha, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, shahzoda Muhammad ibn Salmonning Sochiga tashrifi Yaqin Sharqdagi vaziyat qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatadi. “Mintaqadagi nufuzli shaxs” mavqesi Barak Obamadan Vladimir Putinga o‘tmoqda.  Jurnalist “Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarining yuqori darajadagi delegatsiyalari Oval kabinet (AQSh prezidenti ishchi xonasi) emas, balki Putin eshigini qoqayotganini” ta'kidlab o‘tdi.

Muallifning fikricha, Saudiya Arabistoni mudofaa vazirining Rossiyaga tashrifi Saudiya Arabistoni ikki davlat sa'y-harakatlarini IShIDga qarshi kurashga birlashtirish evaziga Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyat tepasida ko‘proq muddatga qolishiga kelishuvning imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi fikrni tug‘diradi. Biroq sobiq diplomatlar va chetki kuzatuvchilar bu safarga AQSh ruxsat berdimi yoki bu Saudiya Arabistonining shaxsiy qarori bo‘ldimi, deb savol bermoqdalar

Top