11:33 / 17.10.2015
3257

Hindistonda YTH yuz berib, 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli 15 kishi halok bo‘ldi va 30 nafarga yaqin kishi tan jarohatlari oldi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu voqea ichida 40 kishi bo‘lgan yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashishi tufayli ro‘y bergan.

"13 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki kishi shifoxonaga olib borilgach, jon bergan. Bu hodisaga avtobus haydovchisi aybdor bo‘lgan, u voqea joyidan qochib ketgan", deb ma'lum qilgan politsiya xodimlari IANS nashriga.

Top