Jahon | 11:18 / 17.10.2015
4898
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada musulmonlari qashshoqlar uchun qishki kiyimlar yig‘ishmoqda

Qish yaqinlashayotgani munosabati bilan Kanadadagi Galifaks musulmonlari qashshoqlar uchun maxsus issiq kiyim-kechaklar yig‘ish aksiyasini boshladi. «O‘tgan yili qishda ko‘pchilik yo‘qsillar sovuqdan jabr chekdi. Shu sabab bizning asosiy maqsadimiz—yo‘qsillarni issiq kiyim-kechaklar bilan ta'minlash orqali qish qahratoniga “zarba” berish”,— dedi aksiya koordinatori Asro al-Daraxali.
Yig‘uv tadbiri yakshanba kuni boshlangandi. Hozirga qadar 700 dan ortiq kiyim-kechak yig‘ilgani ma'lum qilindi. Aktsiya oktabr yakuniga qadar Sv.Mariya universiteti, Dalxauzi universiteti va boshqa markaziy nuqtalarida davom etadi. Ta'kidlash kerakki, chin musulmonlarga xos bunday xayr-sahovat aksiyasini har yili o‘tkazish an'anaga aylandi.

Manba: muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish